Jo Baydenning reytingi 38 foizga tushib ketdi
AQSH Prezidenti Jo Baydenning reytingi 38 foizga tushib ketdi. Bu Oq uy rahbarlari orasidagi eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda “UsaToday” nashri Kuinnipek universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanaib eʼlon qildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 38 foizi Bayden faoliyatiga ijobiy, 53 foizi salbiy baho bergan. Nashrning eslatib o‘tishicha, uch hafta oldin bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 42 va 50 foizni tashkil qilgandi.
Yangi maʼlumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘ralgan respublikachilarning 94 foizi, demokratlarning esa atigi 10 foizi Amerika rahbari siyosatini maʼqullamaydi. Bundan tashqari, respondentlarning 67 foizi prezidentning AQSHning janubiy chegarasidagi migrantlar masalasidagi harakatlaridan mamnun emas, 23 foizi bu borada ijobiy javob bergan.
Afg‘oniston masalasi Bayden uchun hammon muammo bo‘lib qolmoqda. Faqat 28 foiz respondentlar Oq uyning bu yo‘nalishdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. 50 foiz ishtirokchilar mamlakatda maʼlum kuchlarni qoldirishi kerak edi, deb hisoblaydi. 15 foizi armiya umuman olib ketilmasligi kerak edi, degan fikrda. Amerikaliklarning 72 foizi iqtisodiyotning ahvolidan u yoki bu darajada norozi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Baydenning reytingi amerikalik harbiylarning Afg‘onistondan chiqib ketishi va respublikani “Tolibon” tomonidan bosib olinishi tufayli tushib ketdi.
Nasiba To‘xtayeva







