Rossiyada axlat sotiladigan onlayn do‘kon ochildi
Bu do‘konda boshqa narsalar sotilmaydi. Faqat haqiqiy axlatlar narxlanadi va sotuvga qo‘yiladi.


Do‘konda 20 xil qayta ishlanadigan materiallar, shu jumladan, 10 turdagi yelim idishlar, 3 turdagi qora va rangli metallar, shuningdek, karton, qog‘oz va qo‘l mehnati bilan yasalgan buyumlar mavjud.
Qayd etilishicha, mahsulotlarga allaqachon tovar belgisi bosilgan va qayta ishlashga tayyor.
Bunday ajoyib g‘oyani chiqindilarni qayta ishlash operatori “RT-Invest” ishlab chiqdi. Do‘konga tovarlarni yetkazib beruvchilar fuqarolar tomonidan saralangan chiqindilarni olib keladigan turli mintaqadagi axlat tashuvchilardir.
Istiqbolda hom-ashyoning narxini pasaytirish uchun do‘kon kelajakda o‘z chiqindilarini qayta ishlash zavodini ochishni rejalashtirmoqda.
Cho‘lponoy Ahmedova







