Shavkat Mirziyoyev Fumio Kisidani tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisidaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Bu haqda president.uz saytida maʼlum qilindi.
Davlatimiz rahbarining maktubida mamlakatlarimizning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan O‘zbekiston — Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat xalqlarimiz farovonligi yo‘lida har tomonlama ro‘yobga chiqishiga ishonch bildirilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni XXR tashkil topgan kun munosabati bilan tabrik yo‘llagani hamda Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.







