Alisher Qodirov siyosatchini 50 foiz odam tanqid qilmasa u yaxshi siyosatchi emasligini aytdi
MTDP yetakchisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga izoh berdi:

“Haqoratlarga xafa bo‘lishga vaqt sarflamayman. Tanqidlarni taklif sifatida qabul qilaman. Ijtimoiy tarmoq bugungi kunning ham foydali, ham xavfli quroliga aylandi. Fikrlar teskari talqin qilinishi, mavhum akkauntlar uyushtirayotgan munosabatlar, maxsus botlar — insonlarni manipulyatsiya qilishga erishayapti. Dolzarb fikrlarim, takliflarim chetda qolib, odamlarni g‘azabini keltiradigan provokatsion kontekstlardan foydalanish kabi holatlar tez-tez uchraydi. Siyosatchini kuzatuvchilarining eng kamida 50 foizi tanqid qilmasa, bilingki, u yaxshi siyosatchi emas!”
Shuningdek, deputut bugun siyosatchining oldida ikkita yo‘l borligi, ular tanqidchilar bilan kelishib, ularga yoqadigan gaplarni gapirmasdan yoqmasa ham jamiyat rivoji uchun kurashish tarafdorligini bildirib o‘tgan. Qolaversa, u yana shu kungacha tarmoqlarda tanqidga uchragan bo‘lsa ham, birorta aytgan gapimdan qaytmasligini, fikrini o‘zgartirmasligini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov talabal undan yordam so‘rashyotgani va emlanmaganlarga qarshi keskin chora ko‘rishga chaqirgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







