Londonda olmos va zumraddan yasalgan noyob ko‘zoynaklar kim oshdi savdosiga qo‘yiladi
Olmos va zumraddan yasalgan noyob ko‘zoynaklar oktyabr oyi oxirida Londonda tashkil etiladigan kim oshdi savdosiga qo‘yiladi, deb xabar berdi BBC.


Har bir ko‘zoynakning boshlang‘ich narxi 2-3,4 million dollar.
Sotheby‘s auksion uyiga ko‘ra, ko‘zoynaklar Mo‘g‘ullar davriga, XVI-XVII asrlarda hukmronlik qilgan sulolaga tegishli, deb hisoblanadi.
Auksiondan oldin ko‘zoynaklar London va Gonkong ko‘rgazmalarida namoyish etiladi. Olmos linzalari Hindiston janubidagi Golconda konlaridan topilgan qattiq olmosdan yasalgan. Zumradli linzalar esa katta ehtimol bilan Kolubiyadan topilgan zumraddan qilingan.
Bundan avval dunyo yulduzlari qo‘llarini bezab turgan nikoh uzuklari narxi haqida maʼlumot berilgan edi.
Nasiba To‘xtayeva







