O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot taqdim etdi.

Maʼlum qilinishicha, 9-11 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 10-12 darajaga pasayishi kutilmoqda.
9-11 oktyabrda kunduz kunlari harorat 10-13 daraja iliqni, 10-11 oktyabrda kechalari 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10 oktyabrda kechalari baʼzi joylarda 0-3 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
9-10 oktyabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
9-10 oktyabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.







