O'zbekiston

Endilikda yo‘qolgan buyumning egasi topilmasa, uni topgan shaxs egalik huquqini qo‘lga kiritishi mumkin

Qayd etilishicha, yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.

Endilikda yo‘qolgan buyumning egasi topilmasa, uni topgan shaxs egalik huquqini qo‘lga kiritishi mumkin

 

 

Shuningdek, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomaʼlum bo‘lsa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga maʼlum qilishi shart.

 

Agar yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga murojaat qilsa yoki tegishli davlat organiga xabar qilinsa, ro‘yxatga olinadi. O‘sha paytdan eʼtiboran 6 oy mobaynida buyum egasi aniqlanmasa ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.

 

Shu bilan birga ashyoni topib olgan shaxs uni olishga haqli bo‘lgan shaxsdan topilma uchun ashyo qiymatining 20 foiz  miqdorda mukofot talab qilishga haqlidir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  endi mahsulot sotib olgan haridorga xarid so‘mmasining 1 foizi qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.