447 ta shirkatda 163 ta 12,9 milliard so‘m miqdoridagi qonunbuzarlik holati aniqlandi
Maʼlum bo‘lishicha, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning o‘tgan davri mobaynida joylardagi shirkatlar amalga oshirgan ishlar bilan tanishdi.

Tekshiruvlar natijasida majburiy badal va kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflash, taʼmirlash-tiklash ishlari hajmiga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish, sifatsiz bajarilgan taʼmirlash hamda hali boshlanmagan yoki tugallanmagan taʼmirlash va tiklash ishlariga oldindan pul to‘lab berish kabi 163 ta 12,9 milliard so‘m miqdoridagi qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Qayd etilishicha, bunday vaziyat viloyatlar kesimida:
Jizzax viloyatida — 3 786,1 mln so‘m;
Toshkent shahrida — 2 6790 mln so‘m;
Toshkent viloyatida — 1 899,1 mln so‘m;
Farg‘ona viloyatida — 719,8 mln so‘m;
Buxoro viloyatida — 647,6 mln so‘m;
Navoiy viloyatida — 449,4 mln so‘m;
Surxondaryoviloyatida 325,6 mln so‘m;
Qashqadaryo viloyatida — 262,8 mln so‘m;
Xorazm viloyatida — 218,5 mln so‘m;
Samarqand viloyatida — 208,7 mln so‘m;
Andijon viloyatida — 103,4 mln so‘m;
Namangan viloyatida — 55,1 mln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 46,1 mln so‘m qonunbuzarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval shirkaktlar tomonidan 1 milliard 809 million so‘m talon-taroj qilingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







