Jahon

Sochida Kseniya Sobchak o‘tirgan mashina YTH ga uchradi

Kseniya Sobchak o‘tirgan avtomobil Adler yaqinidagi katta trassada "Volkswagen" bilan to‘qnashgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida "Volkswagen" haydovchisi va ichidagi yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinaning orqa o‘rindig‘idagi yana bir yo‘lovchi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Sochida Kseniya Sobchak o‘tirgan mashina YTH ga uchradi

 

"Daily Storm" bergan maʼlumotga ko‘ra, Kseniya Sobchak voqea joyidan qochib ketgan

 

"REN" TV kanali Sobchak ketayotgan mashina haydovchisi bilan bog‘langan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, Sobchak Nyu-York shahriga uchib ketish uchun aeroportga shoshilib ketayotgan bo‘lgan. YTH sodir bo‘lgach, u kechikmaslik uchun darhol mashinadan  tushib, boshqa taksiga o‘tirgan va yo‘lida davom etgan.

 

Kseniya Sobchak ancha vaqtgacha baxtsiz hodisa yuzasidan hech qanday munosabat bildirmagan.

 

"Daily Storm" jurnalisti uning o‘zi bilan bog‘lanishga harakat qilgan, ammo bog‘lanolmagan. Shundan so‘ng uning turmush o‘rtog‘i    Konstantin Bogomolov bilan bog‘langan, lekin u jurnalistning savollariga  javob bermagan. Shuningdek, Sobchakning sobiq eri Maksim Vitorgan va onasi Lyudmila Narusova ham munosabat bildirishdan bosh tortgan. Avtohalokat tafsilotlari ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tarqalganidan so‘ng Kseniya Sobchak voqeaga izoh qoldirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda jurnalistning o‘zi ham jarohatlangan. Kuchli zarbdan hushini yo‘qotgan va bosh miya chayqalish alomatlari bilan shifokorga murojaat qilgan.

 

"Voqea sodir bo‘lgan vaqt men mashinada edim. Mashina meniki emas, haydovchisini ham tanimayman. Shunchaki taksi edi.  Haydovchini shoshirmadim. Tezlikni oshir deganim ham yo‘q.   Yo‘l davomida ZOOM orqali ish  yuzasidan gaplashib ketayotgandim, bu haqda yozuvlar ham bor.  Tezlikni oshirganiga kelsak, bu  haydovchining shaxsiy  qarori edi" —  deb yozgan jurnalist o'zining Telegram kanalida.

 

Bundan avval Qoraqalpog‘istonda Qozog‘iston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etgani hamda Moskvada yuk mashinasi va jamoat transporti ishtirokida YTH sodir bo‘lgani  haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva 

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"