Britaniya parlamenti mamlakatdagi birinchi lokdaunning kechiktirilishi jiddiy xato bo‘lganini maʼlum qildi
Bu haqda parlament vakillar palatasi maʼruzasida so‘z boradi.


“Koronavirusga qarshi emlash dasturi – birlashgan qirollik tarixidagi eng samarali tashabbuslardan biri, ammo birinchi lokdaunni kechiktirish – jiddiy xato bo‘lgan”, – deyiladi maʼruzada. Qayd etilishicha, ommaviy test va kuzatuv tizimlari bo‘lmagan sharoitda lokdaun ertaroq joriy etilishi kerak edi. Ammo Britaniya hukumati xato yo‘ldan borgan: rasmiylar dastlab ommaviy immunitet hosil qilish kerak deb ishongan.
Shuningdek, hukumat vaksina ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlab to‘g‘ri yo‘l tutgani taʼkidlangan. Parlament aʼzolari fikricha, birlashgan qirollik bu sohada barcha davlatlarni ortda qoldirdi.
Bundan avval Britaniya maxsus xizmatlari Rossiyani AstraZeneca tarkibini o‘g‘irlashda ayblab chiqqandi. Shuningdek, koronavirus Uxan shahrida 2019 yilning yozidayoq tarqalgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







