Filippinda sodir bo‘lgan to‘fon oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi bedarak yo‘qoldi
Filippindagi Luzon oroli shimolida sodir bo‘lgan kuchli to‘fon oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Inquirer” gazetasi maʼlum qildi.


Benguyet provinsiyasida uch kishi ko‘chki ostida qolib ketgan, to‘rt kishi Palavan viloyatida suvga cho‘kkan. Ikki kishi jarohat olgan, 11 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
To‘fon oqibatida suv toshqinlari ro‘y berdi, ko‘plab qishloqlar aholisi toshqindan qochib uylari tomiga chiqib olgan. Rasmiylar ularni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga harakat qilmoqda.
Hozirda to‘fon Xitoyning Xaynan oroli tomon qarab harakatlanmoqda.
Bundan avval Xitoyda ro‘y bergan toshqin natijasida 15 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Nasiba To‘xtayeva







