Bokuda ro‘y bergan YTHda 20 kishi jarohatlandi. Qurbonlar ham borligi aytilmoqda
Bokuda yuk mashinasi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvi oqibatida 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

YTH bugun tongda Haydar Aliyev nomidagi aeroportga olib boradigan yo‘lda yuz bergan.
OAV xabariga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolgan. Boshqaruvni yo‘qotgan mashina yo‘lovchi tashuvchi avtobusga kelib urilgan. Avtobus esa to‘qnashuv tufayli ag‘anab ketgan. Qurbonlar ham bor.
“YTH oqibatida 20 nafar jabrlangan yo‘lovchi Bokudagi ikkita shifoxonaga olib borilgan”, — deyiladi SSV xabarida.
Avvalroq Kseniya Sobchak o‘tirgan avtomobil Adler yaqinidagi katta trassada “Volkswagen” bilan to‘qnashgani haqida xabar berilgandi.
Sharofat Mahmudova







