“Chotqol” dam olish maskani sotuvga qo‘yildi
Chorvoq yaqinidagi "Chotqol" dam olish maskani sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

Unda aytilishicha, uni sotib olish istagida bo‘lgan xaridor 200 o‘rinli mehmonxona qurishi lozim. Uning boshlang‘ich narxi 12,2 milliard so‘m etib belgilangan.
Ushbu joy 9,1 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, bino va inshootlarning umumiy hajmi 2074 kv.m. Shuningdek, suv va elektr taʼminoti mavjud, lekin gaz yo‘q.
Dam olish maskani 1988 yilda ochilgan bo‘lib, hozirda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Uning bo‘lajak yangi egasi 2 yil ichida mazkur hududda sayyohlar uchun kamida 200 o‘rinli, 3 yulduzli, uch qavatli mehmonxona qurishni o‘z zimmasiga oladi.
Arizalar 10-noyabrga qadar qabul qilinadi, auksion 12-noyabrga belgilangan.
Maʼlumot uchun: “Chotqol” — Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 2020 yil sentabr oyida sotuvga qo‘yilgan 26 ta dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.
Bundan avval Toshkent viloyatida oltin qidirish uchun yer maydonlari, “Hilton” mehmonxonasi hamda tog‘li yer sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







