O‘zbekistonga “Sinovak” vaksinasi olib kelindi
Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19‘ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sinovak”vaksinasi olib kelinishi haqida xabar berilgan edi.


Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 13-oktabr kuni Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatga keltirgan “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati respublika vakillari tomonidan qabul qilib olindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatga keltirilgan oltinchi vaksinadir.
"Shunday qilib, respublikada emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqarila boshlandi.
Bundan avval O‘zbekistonga "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirilishi, O‘zbekiston vaksina zaxirasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi bo‘lgani hamda “Sputnik V”ni qabul qilish oralig‘i va uning ikkinchi komponentlari qachon keltirilishi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.







