Xalqaro olimlar guruhi Somon yo‘li markazidan chiqadigan g‘ayrioddiy signalni topdi
Ushbu to‘lqinlar maʼlum bo‘lgan manbalarga mos kelmaydi va ular yulduzli obektlarning yangi sinfini ko‘rsatishi mumkin, deb xabar beradi "Ssi News".


Avstraliya Germaniya, AQSH, Kanada, Janubiy Afrika, Ispaniya va Fransiya tadqiqotchilari ikki yil davomida ASKAP radio teleskopi yordamida osmonni o‘rgandi. Galaktika markazida ular g‘ayrioddiy hatti-harakatlarga ega bo‘lgan noyob obyektni kashf etdi: u dastlab ko‘rinmagan, keyinchalik yorug‘lik ko‘rinishida paydo bo‘lgan, so‘ng yana g‘oyib bo‘lgan va yana paydo bo‘lgan.
Bundan tashqari, uning radio to‘lqin signali bir yo‘nalishda o‘zgargan.
Obyektning yorqinligi ham 100 marta keskin o‘zgargan va signal o‘chgan.
"Biz bunday narsani avval hech ko‘rmaganmiz. Birinchi ko‘rganimizda uni pulsar — o‘lik yulduzning juda zich turi, deb o‘yladik. Lekin bu yangi manbadan kelgan signallar edi", — deydi Sidney universiteti fizika fakulteti doktoranti Jiteng Vang.
Nasiba To‘xtayeva







