Arktika muzining erishi chidamli bakteriyalar va yangi viruslarning chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin
Britaniyaning Aberistvit universiteti va Kaliforniyadagi reaktiv dvigatellar laboratoriyasi olimlari Arktika muzining erishi sovuq urush davridagi radioaktiv chiqindilar, shuningdek, antibiotiklarga chidamli bakteriyalar va yangi viruslarning chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi. Bu haqda "Express" gazetasi iqlim o‘zgarishi mavzusidagi maqolaga asoslanib xabar berdi.


Tadqiqot mualliflari Sovet Ittifoqi Yangi yer arxipelagi sohilida 130 ga yaqin yadroviy sinovlarni o‘tkazgani, Barents va Qora dengizlarda 100 dan ortiq yadroviy suvosti kemalarini cho‘ktirgani va yo‘q qilganini yodga olgan.
Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, Grenlandiyadagi bazada yadroviy inshoot yordamida muz ustida tadqiqotlar o‘tkazdi.
Olimlar agar abadiy muz eriydigan bo‘lsa, unda saqlanayotgan mikroblar jonlanib, vaksinalarga chidamli yangi avlod infeksiyasi paydo bo‘lishidan havotirda ekanini aytgan.
Arktikaning qirg‘oqbo‘yi hududlarida dengiz muzi avval taxmin qilinganidan ikki barobar tez erimoqda.
Eslatib o‘tamiz, Antarktika muzliklarini o‘rgangan olimlar so‘nggi 150 yil ichida havodagi vodorod miqdori 70 foizga ortganini aytgandi.
Avvalroq Oregon universiteti olimlari Yerdagi iqlim o‘zgarishi sayyoramizning eng muhim funksiyalarining tiklab bo‘lmas yomonlashuviga olib kelgani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







