Jahon

Dollar, sanksiyalar va Navalniy. Putin CNBC kanaliga katta intervyu berdi

Vladimir Putin AQSHning CNBC kanaliga intervyu berdi. Rossiya prezidenti bilan jurnalist Xedli Gembl suhbatlashgan. Quyida shu intervyuning asosiy nuqtalari haqida so‘z boradi.

Dollar, sanksiyalar va Navalniy. Putin CNBC kanaliga  katta intervyu berdi

 

 

Biz dollardan butunlay voz kechmoqchi emasmiz

“Fikrimcha, AQSH dollardan sanksiyaviy vosita sifatida foydalanib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda”, — degan RF rahbari. Vashingtonning bu kabi harakatlari dollardan zaxira valyuta sifatida foydalanadigan davlatlarda jiddiy xavotir uyg‘otadi. “Natijada, AQSHning eng yaqin ittifoqchilari va hamkorlari ham o‘z zaxiralarida dollarning ulushini kamaytirmoqda, bu statistik fakt”, – degan u.

 

Rossiya prezidenti dollar xalqaro valyuta sifatida o‘z pozitsiyalarini berib qo‘yayotganini ham taʼkidladi. “Lekin biz butunlay dollardan voz kechmoqchi emasmiz, hozirgi vaziyat bizni qanoatlantirmoqda”, – deb qo‘shimcha qilgan Putin.

 

Kriptovalyutaga arzimas buyum sifatida qaramaslik kerak

“Kriptovalyutada shartnomalar!? Bir nuqtadan boshqa nuqtaga mablag‘ni jo‘natish uchun kriptovalyuta qulay. Аmmo savdoda, ayniqsa, energoresurslar savdosida bu haqda gapirishga hali erta. Lekin kriptovalyutaga arzimas buyum sifatida qarash kerak emas. Ammo uni ishlab chiqishda katta miqdorda energiya kerak. Bu esa, o‘z navbatida, uglevodorodlardan foydalanishni taqazo etadi”, — deb fikr bildirgan Putin.

 

 Keyingi saylovlarga qadar hali vaqt bor

“Rossiya konstitutsiyasi menga yangi muddatga nomzodimni ilgari surishga imkon beradi. Ammo men hali bu borada aniq qarorga kelmadim. Keyingi saylovlarga qadar hali vaqt bor, bu haqda fikrlarim vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin”, – degan Putin navbatdagi saylovlardagi ishtiroki haqida gapirib.

 

Hech kim uchun alohida sharoitlar yaratib bermaymiz

“U yaxshi sharoitda yashamayapti. Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzgan boshqa shaxslar ham bor. Shuning uchun biz hech kim uchun alohida sharoitlar yaratib bermaymiz”, — deb javob bergan Putin Aleksey Navalniyga bog‘liq savolga.

 

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani maʼlum qilingandi.

 

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.