Jahon

AQSH tarixidagi eng mashhur prezident Bill Klinton qanday kasalliklarni boshdan kechirgan?

AQSH sobiq prezidenti Bill Klinton kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda CNN xabar berdi. Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, sobiq prezident qonida infeksiya aniqlangan.

AQSH tarixidagi eng mashhur prezident Bill Klinton qanday kasalliklarni boshdan kechirgan?

 

Hozirda Klintonni antibiotiklar bilan muolaja qilishmoqda. O‘z navbatida sobiq prezident vakili Anxel Urenya Klinton kasalxonada ikki kundan beri davolanayotganligi va hozirda ahvoli yaxshi ekanini maʼlum qildi. “Seshanba kuni kechqurun prezident Klinton Kaliforniya universiteti tibbiyot markaziga olib kelindi. U Covid-19 bilan bog‘liq bo‘lmagan infeksiyaga qarshi muolaja olmoqda. Hozirda Klintonning ahvoli yaxshilanib bormoqda, u ko‘tarinki ruhda va tibbiyot xodimlaridan minnatdor”, – deb yozgan Urenya Twitter sahifasida.

 

Bu Bill Klintonning birinchi marta kasalxonaga yotqizilishi emas. 2001 yilda unda teri saratoni aniqlangan. O‘shanda Oq Uy sobiq prezident terisidagi kasallangan nuqta operatsiya qilingani to‘g‘risida bayonot bergan.

 

Bundan tashqari, Klinton ikki marta yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgan. Birinchi marta u yurak bilan bog‘liq muammoga 2004 yilda duch kelgan. 2010 yilda esa ikkinchi marta kardiologlar bilan “uchrashgan”. Vrachlar o‘shanda Klintonning kasalligi oson davolanmasligini maʼlum  qilgandi. Shuningdek, mutaxassislar sobiq prezidentning kasalligini genetika bilan bog‘lashgandi. Maʼlum bo‘lishicha, Klintonning ona avlodida yurak bilan bog‘lik kasalliklar kuzatilgan.

 

Klinton AQSH tarixidagi eng muvaffaqiyatli va mashhur prezidentlardan bo‘lgan. U 1993-2001 yilda AQSHni boshqargan. Prezidentligining so‘nggi davrida mamlakatning 66 foiz aholisi uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan.

 

Bundan avval AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp navbatdagi saylovlarda ishtirok etishi hamda Baydendan isteʼfoga chiqishini talab qilgani xabar qilingandi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.