Indoneziyada bir marta ishlatiladigan buyumlardan muzey tashkil etildi
Qayd etilishicha, mazkur muzey plyaj va suv havzalaridan yig‘ilgan 10 mingta yelim xalta va idishlardan tashkil topgan.


Dunyo okeani tobora chiqindilarga to‘lib borayotgani bunday muzeyning tashkil etilishiga asosiy sabab bo‘ldi. Indoneziyalik ekologlar odamlarni yelim idishlarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish maqsadida muzey tashkil etdi.

Muzeyning markaziy qismida “Dewi Sri” deb nomlangan haykal bo‘lib, u Yava xalqi ibodat qiladigan farovonlik maʼbudasi sanaladi. Uning uzun ko‘ylagi etagi ham bir marta ishlatiladigan yelim xaltalardan tikilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiyada axlat sotiladigan do‘kon ochilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







