Jahon

Yolg‘iz qariyalarga “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylar ijaraga berila boshlandi

“Kodokusi” atamasi Yaponiyada ommalashib bormoqda. U yolg‘izlikda vafot etish degan maʼnoni anglatadi.

Yolg‘iz qariyalarga “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylar ijaraga berila boshlandi

 

Ayrim hollarda marhumning jasadi haftalab uyida qolib ketadi, chunki mamlakatda yolg‘izlik har kimning shaxsiy huquqi sanaladi va uni buzishga hech kimning haqqi yo‘q.

 

Mamlakatda yolg‘izlikda vafot etayotganlar muammosi paydo bo‘lganini yapon tilida shu maʼnoni anglatuvchi kamida uchta so‘z (“kodokusi”, “koritsusi” va “dokkyosi”) borligidan ham bilsa bo‘ladi.

 

Yolg‘izlikda vafot etayotganlar, avvalo, turar-joy ijarasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun katta muammolarni tug‘diradi. Chunki bunday uylar narxi 10-20 foizga tushib ketadi, buning ustiga uyni taʼmirlash xarajatlarini ham kompaniya o‘z zimmasiga oladi.

 

Shuning uchun ham ko‘plab kompaniyalar yolg‘iz odamlarga uy berishni to‘xtatib qo‘ydi. Ammo muammoning yechimi sifatida rieltorlik agentliklaridan biri yolg‘iz qariyalarga “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylarni ijaraga berishni boshladi. U elektr quvvati sarfini hisoblaydi.

 

Taxminan bir sutka davomida odatiy хarajat grafigida o‘zgarishlar bo‘lsa, tizim uy egasiga qo‘ng‘iroq qiladi. Agar javob bo‘lmasa, ijaraga beruvchiga xat yuborib, uyni tekshirishni so‘raydi.

 

 

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yolg‘iz qariyalarga “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylar ijaraga berila boshlandi | Zamon.uz