Do‘stona, ammo natijasiz. Saudiya Arabistoni Eron bilan muzokaralar haqida maʼlumot berdi
Saudiya Arabistoni Eron bilan muzokaralar haqida bayonot berdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Al Saud maʼlum qilgan.


Vazir Eron bilan muzokaralar do‘stona ruhda bo‘lganini, ammo aniq natijalarga erishilmaganini qayd etdi.
“Tehron va Ar-Riyod o‘rtasidagi muzokaralar do‘stona ruhda o‘tdi, ammo oldinga sezilarli siljish bo‘lgani yo‘q”, – degan Faysal bin Farhon Al Saud.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni diplomatiyasi rahbari Eron yadro dasturiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Mintaqa yadro faoliyatining xavfli bosqichiga kirmoqda. Eron yadro kelishuvini buzadigan barcha harakatlarni to‘xtatishi kerak”, – deb taʼkidlagan u.
Ikki mamlakat o‘rtasida 4 raundli muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Yakunda Saudiya va Eron o‘zaro konsulxonalar faoliyatini tiklashga kelishib oldi. Mutaxassislar Tehron va Ar-Riyod o‘rtasida munosabatlar tiklanishi Yaqin Sharqdagi kuchlar nisbatini keskin o‘zgartirishini taʼkidlamoqda. Maʼlumot o‘rnida: so‘nggi muzokaralar 21 sentyabrda o‘tkazilgan.
Avvalroq Ozarbayjon Eron bilan mavjud kelishmovchiliklarni hal qilishga tayyorligini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Eron yadro muzokaralariga qaytishi xabar qilingan edi.
Jahongir Qo'ziyev







