Jahon

Islom Karimov oilasi 22 million dollarga Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib oldi

Maʼlumotlarga ko‘ra, uch qavatli pentxaus sotuvga qo‘yilgan “Radisson” mehmonxonasi binosida joylashgan bo‘lib, mehmonxona bilan bir xil rejaga ega va bir xil tartibda qurilgan.

Islom Karimov oilasi 22 million dollarga Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib oldi

 

Taʼkidlanishicha, uy Tatyana Karimovaning jiyani Anvar Abdullayevga tegishli. Bu haqda “Baza” xabar berdi.  

 

Pentxausning qurilishida  tabiiy materiallar, yaʼni  italyan marmari, oniks va  tabiiy yog‘ochdan foydalanilgan. Mebellar maxsus   "Roberto Cavalli"  va “Versace” ga   tegishli ekani aytilmoqda. 11-qavat ikkita yotoqxona, hammom, oshxona, kiyinish xonalari va  keng zaldan iborat.  12-qavatda  mehmonxona, 13-qavatda Moskva daryosi, Oq uy va biznes markazi ko‘zga tashlanib turadigan  ofis mavjud.  Bir so‘z bilan aytganda,  kvartira Moskvadagi eng qimmat pentxauslar reytingida ikkinchi o‘rinni egallaydi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2021 yil may oyidan buyon ushbu pentxaus Anvar Abdullayevga tegishli.

 

Baʼzi ijtimoiy tarmoqlarda “Radisson” mehmonxonasi ham Anvar Abdullayevga tegishli ekanligi aytilmoqda. Biroq “Baza” tahririyati xabariga ko‘ra,   Anvar Abdullayev bilan  telefon orqali qilingan suhbatda u “Radisson” mehmonxonasidagi kvartira unga tegishli ekanini  rad etgan.

 

"Meni unga hech qanday aloqam yo‘q va bunday narsalardan uzoqroq turishga harakat qilaman", — degan  Anvar Abdullayev.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Lola Tillayeva-Karimova eri bilan Gollivudda uchta uyni sotuvga qo‘ygan edi.

 

Bundan avval “The Guardian” nashri Gulnora Karimovaga berilgan 220 million dollar xususida maqola chop etilgani haqida xabar qilingan edi. 

 

Munojat Valiyeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Islom Karimov oilasi 22 million dollarga Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib oldi | Zamon.uz