Jahon

Moskvada 18 yoshli qiz bobosini pichoqladi

Gumonlanuvchi Emina Yoqubova so‘zlariga ko‘ra,  bobosi o‘sha kuni unga hujum qilgan. Qiz esa o‘zini himoya qilgan.

Moskvada 18 yoshli qiz bobosini pichoqladi

 

Qiz  darhol hibsga olingan. Unga nisbatan “qotillik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu xaqda "Moslenta" xabar berdi. 

 

Surishtiruv jarayonida qiz  moskva davlat universiteti talabasi bo‘lgani, ota-onasi erta ajrashib ketgani sababli  bobosining qo‘lida tarbiya topgani aniqlangan. Qiz  bobosini  yaxshi ko‘rishini, lekin uning  qattiqqo‘lligiga bardosh berolmaganini tan olgan.

 

Shuningdek, surishtiruv davomida qiz  giyohvand moddalar isteʼmol qilishi ham maʼlum bo‘lgan. Emina  yashagan kvartirada tintuv o‘tkazilganda  xonasidan   qizning  o‘z joniga qasd qilish niyati borligi haqida yozilgan kundalik topilgan.  Unda qiz hamma narsa joniga tekkani va yashash istagi yo‘qligini bildirgan.

 

Fojia yuz berishidan bir kun oldin Yoqubovaning otasi politsiyaga qizining g‘oyib bo‘lgani haqida   ariza bilan murojaat qilgan.  Biroq qiz tez orada  uyga qaytib kelgan.  U  yo‘qolib qolishini shunchaki yolg‘iz qolishni istagani bilan izohlagan. 

 

Universitetda birga o‘qigan  kursdoshlari ham Eminaning  yaqinlari bilan aloqasi yaxshi emasligini  taʼkidlagan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.

 

Bundan avval Moskva metrosida begona qizni himoya qilgan yigit  ayovsiz kaltaklangani  hamda Moskvada o‘zbekistonlik migrantning jasadi topilgani  xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.