Jahon

Polsha bosh vaziri Putin va Lukashenkoni "migratsion shantaj"da aybladi

Polsha bosh vaziri Belarus bilan chegarada devor qurilishi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Polsha bosh vaziri Putin va Lukashenkoni "migratsion shantaj"da aybladi

 

 

Bosh vazir Mateush Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, chegarada devor qurish – Polshani Putin va Lukashenkodan asraydi. “Bu Polshani uzoq istiqbolda Putin va Lukashenko tomonidan amalga oshiriladigan migratsion shantajdan himoya qilishda muhim”, – degan Moravetskiy.

 

Bundan avval Polsha parlamenti Belarus bilan chegarada devor qurilishi to‘g‘risida qonun qabul qilgan. Varshava buni migratsion inqiroz bilan bog‘lagan. O‘z navbatida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arb sanksiyalari tufayli Minsk odamlar oqimini to‘xtata olmasligini maʼlum qilgan.

 

2021 yil may oyida Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kuchaytirilgandan so‘ng Belarus rahbari migrantlarning YIga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilmasligini maʼlum qilgan edi.

 

Avvalroq Polsha migratsion inqirozda Belarusni ayblagani  hamda Latviya chegarada tikanli sim o‘rnatishi xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Polsha bosh vaziri Putin va Lukashenkoni "migratsion shantaj"da aybladi | Zamon.uz