Qirolicha Yelizaveta II spirtli ichimliklardan butunlay voz kechdi
Buyuk Britaniyaning 95 yoshli qirolichasi Yelizaveta II shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra spirtli ichimliklar isteʼmolidan voz kechdi. Bu haqda Telegraph gazetasi o‘z manbalariga tanib xabar qilmoqda.


Qayd etilishicha, Britaniya qirolichasi martinidan voz kechib, faqat mineralli suv ichishni boshladi.
"Shifokorlar yaqinda unga alkogoldan voz kechishni tavsiya qildi. Shu bois u garchi hech qachon ko‘p ichmagan bo‘lsa-da, spirtli ichimliklardan butunlay voz kechishni lozim topdi.", - deydi gazeta manbasi.
Xabar qilinishicha, qirolicha Yelizaveta II ning ish jadvali tig‘iz bo‘lishi kutilmoqda. Noyabr oyida u Glazgoda COP26 iqlim sammitida ishtirok etishi va taxtga chiqqanining 70 yilligini nishonlashi kerak. Qirolicha bu tadbirlar oldidan salomatligiga jiddiy eʼtibor qaratishga qaror qildi.
Avvalroq Qirolicha Yelizaveta II nomi Pandora hujjatlarida 910 million dollarlik ko‘chmas mulk savdosi bilan bog‘liq shartnomada keltirilgani haqida xabar berilgan edi.
Sharofat Mahmudova







