O'zbekiston

“Tashkent city”dagi dam olish va istirohat bog‘i sotuvga qo‘yilаdi

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi Maʼmuriy kengashining tegishli qaroriga muvofiq, “Tashkent city” hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘i baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan.

“Tashkent city”dagi dam olish va istirohat bog‘i sotuvga qo‘yilаdi

 

Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.

 

Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan, obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilangan.

 

Shunga ko‘ra,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Tashkent city” hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va undan foydalanish talablari, shuningdek, xususiylashtirish shartlari va shakllari bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.

 

“Master plan”dagi tartib va talablar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek, obyektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.

 

Professional tashkilot “Master plan”ni ishlab chiqadi. U bo‘yicha barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi. Buyurtmachi ushbu eʼlon bilan professional tashkilot va “Master plan”ga qo‘yiladigan dastlabki talablarni, shuningdek uning taklifining tuzilishini hamda tegishli tartibda baholanishini belgilaydi.

 

Maʼlumot uchun: “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi” DUK 2020 yilda ishga tushirilgan. Uning umumiy yer maydoni: 23,4679 gektar. Bino va inshootlar umumiy maydoni esa 3 933 kv.M.

 

Takliflar 2021 yil 25 oktyabrgacha qabul qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 oktyabr sanasidan boshlab “Tashkent city”ga bepul bo‘lgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Tashkent city”dagi dam olish va istirohat bog‘i sotuvga qo‘yilаdi | Zamon.uz