O'zbekiston

Poytaxt ko‘chalarida haydovchilardan giyohvand moddalar topildi

Joriy yilning 16-oktabr kuni soat 12:00 da Bektemir tumanida joylashgan "Bektemir" YPH maskanida ko‘rinishi va turli hatti-harakatlari bilan xodimlrda shubha uyg‘otgan "Vaz-2107" rusumli avtomobil haydovchisi E.T. to‘xtatilib tekshirildi.

Poytaxt ko‘chalarida haydovchilardan giyohvand moddalar topildi

 

Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchi E.T.ning cho‘ntagidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Shuningdek, shu kuni Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi D.A. ham shubha ostiga olinib to‘xtatib tekshirildi. Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruvda D.A.ning telefon g‘ilofi orqasidan giyohvand modda topildi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro E.T. va D.A.lar hamda ulardan topilgan giyohvand moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirildi.

 

Bundan avval Toshkentda sigareta qutisida giyohvand modda olib yurgan shaxs qo‘lga olingani, Urgutda fuqaro "opiy" va "geroin" bilan ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva tayyorladi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Poytaxt ko‘chalarida haydovchilardan giyohvand moddalar topildi | Zamon.uz