O'zbekiston

Prezident saylovida mayda ishning va mayda masalaning o‘zi yo‘q

“Prezident saylovida mayda ishning va mayda masalaning o‘zi yo‘q. Unutmaylikki, saylovda eng muhim odam — bu saylovchi! Birorta saylovchining murojaati eʼtibordan chetda qolmasligi zarur!”

Prezident saylovida mayda ishning va mayda masalaning o‘zi yo‘q

 

Bu kabi muhim jihatlar Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhokama markazida bo‘ldi.  

 

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari joy oldi.

 

 

Komissiya aʼzolari dastlab O‘zbekiston Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi.

 

Qayd etilganidek, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 411 nafar xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha MSKga taqdimnomalar kiritildi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSK qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

 

Unga muvofiq, xalqaro tashkilotlardan, xususan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Parlamenti, Turkiy tilli davlatlarning Parlament Assambleyasi, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Osiyo Parlament Assambleyasi, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Fransiya, Xitoy, Chexiya, Janubiy Koreya, Latviya, Polsha, Kanada, Yaponiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 411 nafar xalqaro kuzatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

 

 

Ma'lumot uchun: Birgina Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining o‘zidan 211 nafar kuzatuvchini akkreditatsiya qilish so‘ralmoqda.

 

Shunday qilib, shu kunga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar umumiy soni 968  nafarni tashkil etmoqda. Saylov kodeksining 33-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish saylovga kamida o‘n kun qolguniga qadar davom etadi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun hujjat qabul qilish 14-oktabr kuni to‘xtatildi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun mandatlarni qonunda belgilangan muddatda taqdim etmoqda.

 

Komissiya aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

 

Qayd etilganidek, o‘tgan vaqt davomida Markaziy saylov komissiyasiga 4 ta mahalliy va ­34 ta xorijiy Ommaviy axborot vositasi tomonidan murojaat kelib tushgan.

 

Majlisda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror loyihasi bir ovozdan maʼqullandi hamda jami 20 nafar mahalliy va 87 nafar xorijiy OAV vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi. 

Endilikda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy OAV vakillari jami 1439 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari esa 233 nafarni tashkil etmoqda.

 

Qayd etish joiz, OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni MSKning “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi talablariga muvofiq amalga oshirildi. Saylov kodeksining 33-moddasiga asosan, akkreditatsiyadan o‘tkazish saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab, saylovga kamida o‘n kun qolguniga qadar davom etdi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun hujjat qabul qilish 14-oktabr kuni to‘xtatildi.

 

 

Majlisda kun tartibiga kiritilgan qarorlar ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

 

Avvalroq O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyoda 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarilgani hamda 2022 yilda Samarqandda jahon mamlakatlari parlament ayol spikerlarining sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.