O'zbekiston

Qishloq ayollari ketmonini tashlab, saylovga boradimi?

Joriy yilning 17 оktabr holatiga ko‘ra, umumiy saylovchilarning 10 762 291 nafarini ayollar tashkil etmoqda

Qishloq ayollari ketmonini tashlab, saylovga boradimi?

 

Gender tengligi masalasiga davlat siyosati darajasida qaralayotgan bugungi kunda ayollarning necha foizi Prezidentlik saylovida ishtirok etib, o‘z tanlovini amalga oshirishga tayyor?! Bu savolning javobi hozircha mavhum. Ammo saylov kampaniyasi davomida ularning saylovga oid huquqiy bilimini oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borildi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning aytishicha, “Bugun ayollar har jabhada faol. Yangi O‘zbekistonning yangicha dunyoqarashga ega hech bir ayoli saylovlarga befarq bo‘lishi mumkin emas”.

 

Tadbirda ishtirok etgan partiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hattoki, uzoq qishloqlardagi dalalarda ketmon chopayotgan saylovchi ayollar bilan ham saylovoldi uchrashuvlari o‘tkazilgan. Qolaversa, bugungi o‘zbek ayollari “uxlayotgani yo‘q”. 

 

Ular ketmonini saylov kuni tashlaydimi-yo‘qmi salkam 7 kundan so‘ng maʼlum bo‘ladi.

 

Tadbir ishtirokchilari eʼtibor qaratgan yana bir muhim masala, uzoq qishloqlarda uy-ro‘zg‘or yumushlaridan bo‘shashi qiyin bo‘lgan xotin-qizlarni ortiqcha bezovta qilmaslik uchun oila boshi hamma uchun ovoz berishi kabi holatlar hamon uchraydi. Bu kabi holatlarning oldini olishda esa saylov uchastkalari vakillariga ko‘proq masʼuliyat yuklanadi. O‘zinikiga qo‘shib yana 2 yoki 3 ta pasport ko‘tarib kelgan oila boshi qatʼiy qaytarilishi lozim. Qolaversa, bu huquqiy hujjatlar bilan ham mustahkamlangan.

 

Ularni ro‘yxatga олиш masalaning  bir tomoni. Eng muhimi, ularni ovoz berish jarayoniga jalb etish. Xo‘sh, saylovchi ayollarning necha foizi ovoz berishda ishtirok etadi? Qishloq ayollari ketmonini tashlab, saylovga boradimi? Balki o‘sha kuni uy yumushlaridan ham ortmas?! Bu kabi savollarning aniq javobi yo‘q, albatta.

 

Ammo bir narsa aniqki, u xoh, erkak xoh ayol bo‘lsin, har kim o‘zi uchun tanlov qiladi. Hech kimning kimdir uchun ovoz berishga haqqi yo‘q.

 

Ma'lumot o'rnida: Bugungi kunda Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzolarining 102 nafari va uchastka saylov komissiyalari aʼzolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

2019 yil Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovda uchastka saylov komissiyalarining tarkibida 54 ming 361 nafar ayol ishtirok etgan.

Bu yilgi raqamlar bilan solishtirganda ushbu ko‘rsatkich 21,3 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

 

Avvalroq O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyoda 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarilgani  hamda 2022 yilda Samarqandda jahon mamlakatlari parlament ayol spikerlarining sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qishloq ayollari ketmonini tashlab, saylovga boradimi? | Zamon.uz