O'zbekiston

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti

Bugun, 19-oktabr kuni Xalqaro media-xollda “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti

 

 

Unda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish  hamda turli elektron platformalarni yaratishda qilingan  ishlar sarhisob qilindi.

 

Davra suhbatida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Davlat boshqaruviga ochiqlikni joriy etish, axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, maʼlumotlarning oshkoralik va sifat darajasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

 

Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi va  “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar barcha toifadagi mansabdorlarning har bir hatti-harakatiga keng jamoatchilik hamda xalq ko‘zi bilan baho berish imkonini yaratdi. Bundan tashqari, hukumat ochiqligi sohasida 2021- 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilingan.

 

Sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning uzviy va mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon bilan amaldagi qonunchilik hujjatlarida mavhum bo‘lgan muammoli masalalar to‘liq o‘z yechimini topdi.

 

—Bugun O‘zbekistonda  davlat idoralari faoliyatida  islohotlarni amalga oshirishda eng asosiy tamoyillardan biri — ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashdir, — dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari  Akmal Burhonov. — Men bu yerda statistik maʼlumotlarning ochiqligiga alohida eʼtibor qaratmoqchiman. Masalan, ishga kirish, o‘qishga kirish, MTM ga farzandini topshirish  umuman  qaysi sohani olmaylik barchasida  oshkoralik  eng ustuvor yo‘nalish sifatida  belgilanmoqda.

 

 Yana bir jihat shundan iboratki, garchi shu kungacha  davlat hokimiyati boshqaruv organlari ochiqligi to‘g‘risida normativ hujjatlar mavjud bo‘lsa-da, lekin ulardagi normalarni hayotga tatbiq etishga masʼul yoki uni bajarish talablarini buzgan mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasi ochiq qolavergan. Bu esa qonunchilik hujjatining hayotga to‘liq joriy etilishiga salbiy omil bo‘lib xizmat qilib kelgan. Shunga muvofiq, mazkur yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qo‘shimcha vazifa sifatida yuklatilib, Agentlik tarkibida davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash boshqarmasi tashkil etildi.

 

Shuningdek, fuqarolar maʼlumot olishga  bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ochiq maʼlumotlar portali ishga tushirildi. Yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida maʼlumotlarni olish bo‘yicha  My.gov.uz portali tashkil etildi.  Bir so‘z bilan aytganda,  bugungi kunda O‘zbekistonda  ochiqlik siyosati ortga qaytmas tus oldi. Va bu trendga aylandi. Xorij tajribasini oladigan bo‘lsak, u yoki bu mamlakatning demokratik huquqiy rivojlanganlik darajasi aynan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatning saʼy-harakatlari bilan belgilanadi. Yevropa mamlakatlarida  korrupsiya bilan kurash bo‘yicha mustaqil organlar tashkil etilgan.

 

Bilamizki, Korrupsiyani qabul qilish indeksi (Corruption Perception Index) bor. Mana shu indeksda 180 ta davlat ishtirok etgan.  Unda mamlakatimiz  2016-yilda 168 o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa  2020 yil yakunlariga ko‘ra,125 pog‘ana ko‘tarilib, 44 o‘rinni egalladi va shu  asnoda O‘zbekiston ochiqlik bo‘yicha  surati yuqori bo‘lgan dunyodagi ikki mamlakatdan biri sifatida eʼtirof etildi. Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinni  egalladi.

 

Bu esa O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarimiz  natija berayotganidan dalolatdir.

 

Avvalroq O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda Latviya bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ymoqdaligi hamda “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazi tashkil etilgani haqida maʼlumot bergandik.

 

 

Munojat Valiyeva

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti | Zamon.uz