O'zbekiston

Innovatsiya vazirligi tomonidan yetkazib berilgan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari ishlatilmayotganligi aniqlandi

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova batafsil maʼlumot berdi.

Innovatsiya vazirligi tomonidan yetkazib berilgan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari ishlatilmayotganligi aniqlandi

 

Unda аytilishicha, o‘tgan 9 oyda vazirlik tomonidan 30,0 milliard so‘mlik 56 ta startap loyihalari moliyalashtirildi. Shuningdek, 37 nafar yosh olim 6 ta xorijiy davlatlarga (AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Belarus, Latviya va Turkiya) ilmiy stajirovkalarga yuborildi. Bundan tashqari, 31 turdagi laboratoriya asbob-uskunalari xaridi bo‘yicha 19,4 milliard so‘m moliyalashtirildi.

 

Biroq ushbu ilmiy laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalanish natijadorligini aniqlash maqsadida olib borilgan o‘rganishlarda ayrim ilmiy tadqiqot va OTMda ulardan foydalanmaslik holatlari aniqlandi.

 

Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga yetkazib berilgan “AR403” rusumli universal yuritgichli ko‘p maqsadli ilmiy laboratoriya asbob-uskunasi (92,0 ming AQSH dollari) ishlatilmayotgani maʼlum bo‘ldi.

 

Yana bir misol, Xorazm Maʼmun akademiyasiga yetkazib berilgan “SETARAM” rusumli ko‘p tarmoqli o‘ta sezgir differensial skanerlovchi kalorimetr ilmiy laboratoriya asbob-uskunasi (24,0 ming AQSH dollari) may oyidan buyon ishga tushirilmagan va hozirgi kunda muassasa omborxonasida saqlanmoqda.

 

Avvalroq Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilangani  hamda Olmazor tumani innovatsion hududga aylantirilishi haqida maʼlumot xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Innovatsiya vazirligi tomonidan yetkazib berilgan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari ishlatilmayotganligi aniqlandi | Zamon.uz