O‘zbekiston elchisi Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri va davlat madaniyat ishlari vaziri Minakashi Lekhi bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.


Qayd etilishicha, Minakashi Lekxi 2021-yil 23-27 sentabr kunlari Toshkentga amalga oshirilgan tashrifni har tomonlama samarali va yuqori darajada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.
Tashrif davomida O‘zbekistan va Hindiston hukumatlari o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo'ljallangan Madaniy almashinuv dasturining imzolangani mazkur yo‘nalishdagi amaliy hamkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Mazkur dastur doirasida ikki davlat muzeylari, yirik kutubxonalari va arxivlari o‘rtasida faol amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Avvalroq Hindiston O‘zbekiston fuqarolariga turistik viza berishni boshlagani hamda hind jurnali O‘zbekistondagi taʼlim va ilm-fan integratsiyasini eʼtirof etgani haqida xabar berilgandi.







