Toshkent viloyatining ikkita tumanida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi
6 000 ta aholi va ulgurji isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bu haqda "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha "Olmaliq GRS-1" yo‘nalishidagi yuqori bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlarni olib borilishi munosabati bilan 2021-yil 19-oktabr soat 08:00 dan 19 oktabr soat 13:00 ga qadar Piskent tumani “Namuna” MFYdagi “Joloir” va “To‘qay” ko‘chasidagi 150 ta xonadon hamda Ohangaron tumanidagi 6 000 ta aholi va ulgurji isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Avvalroq, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Chilonzor tumanida vaqtinchaga gaz uzilishi hamda Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qolishi haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







