O'zbekiston

Xalqaro media-xollda  “Yuksalish” harakati eʼlon qilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Xalqaro media-xollda  “Yuksalish” harakati eʼlon qilgan poytaxtning Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy maydonini qayta tiklash bo‘yicha yosh arxitektor-dizaynerlar uchun tanlov hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan #MenUchunQadrli fleshmob-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro media-xollda  “Yuksalish” harakati eʼlon qilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

 

Joriy yilning 20 aprelida Xalqaro yodgorliklar va obidalar kuniga bag‘ishlab ijtimoiy tarmoqlarda fleshmob eʼlon qilindi. Fleshmobga qo‘shilish uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z sahifalarida #ShaharsozlikTolqini #GradostroitelnayaVolna xeshteglaridan foydalangan holda O‘zbekistonning obidalari, tarixiy binolari muhrlangan surat va videolarni joylashtirishi lozim edi. O‘ziga xos “chellenj” doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridan 60 dan ziyod tarixiy obyektlar  taqdim etildi.

 Hayʼat aʼzolari kelajak loyihalar uchun manzil bo‘la oladigan 3 ta obyektni tanlab oldi. Bular: Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maydoni, Samarqand shahridagi chashma, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Mirzachorbog‘ saroyi.

Obodonlashtirish uchun birinchi manzil sifatida poytaxtning Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy maydoni tanlandi.

4 iyun kuni “Yuksalish” UMH, Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi va O‘zbekiston ekologik qurilish kengashi bilan birgalikda Xorazmiy maydonini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yosh arxitektor-dizaynerlar uchun tanlov eʼlon qilindi. Ishtirokchilardan maydonning o‘ziga xosligini va ekinlarini saqlab qolgan holda landshaft dizayni konsepsiyasini taklif qilish talab etilgan edi.

Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra, Toshkentdagi Al-Xorazmiy maydonini qayta tiklash uchun o‘tkazilgan tanlovda “Insard Architects” arxitektura byurosi, “MADO” arxitektorlar guruhi hamda Mirakbar Jo‘rayev g‘olib deb topildi. G‘oliblarga sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, tadbirda  O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan #MenUchunQadrli fleshmob-tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.  

 

Munojat Valiyeva

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.