Oltin valyuta zaxiralari 1 milliard dollarga kamaydi
Yo‘qotishlarning yarmi oltin narxining pasayishiga to‘g‘ri keldi.

Maʼlum bo‘lishicha, 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 34,41 milliard dollarni tashkil etdi. Sentyabr oyi bilan taqqoslanganda ular 1,02 milliard dollarga kamaygan.
Kamayishning 50 foizi oltinga to‘g‘ri keladi. Bir oy mobaynida uning miqdori 200 mingga oshdi, lekin uning umumiy qiymati 528 million dollarga kamaydi.
Shuningdek, oltinning bir dona quyma narxi taxminan 1762 dollarga, 1 oktyabrda - 1760 dollarga tushdi. Biroq hozir qimmatbaho metallarning bir unsiyasi narxi 1775 dollarga ko‘tarildi.
Endi O‘zbekistonda 21,345 milliard dollarlik oltin zaxirasi bor. Bu 12,3 million troy unsiya (taxminan 382,6 tonna, bu o‘tgan oyga qaraganda 6 tonnaga ko‘p).
Shu bilan birga, valyuta zaxiralarining kamayishi davom etmoqda. Sentyabr oyida u 479 million dollarga kamaydi. Oldin bu ko‘rsatkich 11,95 milliard dollarni tashkil qilgan.
Hozirgi zaxiralar importni 18 oydan ortiq moliyalashtirish uchun yetarli bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 3 oylik taqsimotdan ancha yuqori.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 milliard dollarga oshgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







