O'zbekiston

O‘zLiDeP Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan hisobot berdi

Saylov jarayonining eng muhim va masʼuliyatli bosqichlaridan biri bu — saylovoldi tashviqotidir. Chunki, aynan, ushbu bosqichda Prezidentlikka nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar o‘zlarining kelgusi faoliyat dasturlari bilan saylovchilarni tanishtiradi hamda ushbu jarayonning naqadar faol va samarali tashkil etilganidan kelib chiqib, tegishli ovozlarga ega bo‘ladi.

O‘zLiDeP Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan hisobot berdi

 

Xalqaro Media-xollda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan brifingda ayni jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

 

Tadbirda partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlari va amalga oshirilgan ishlari xususida so‘z yuritildi.    

 

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur yo‘nalishda doimiy faoliyat olib boruvchi ishchi guruh tuzildi.  

 

Shu yilning aprel-may oylarida siyosiy partiyalarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga taʼsiri hamda aholining siyosiy jarayonlarga munosabati, fikr-mulohazalarini atroflicha o‘rganish maqsadida tuman (shahar)larda so‘rovlar o‘tkazildi va unda 30 mingga yaqin respondent qatnashdi.    

 

Shu tariqa bo‘lajak saylov oldidan aholining kayfiyati, ularning siyosiy jarayonlarga, xususan, partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga munosabati o‘rganildi. Shuningdek, kelgusida partiya aholi orasiga yana-da chuqurroq kirib borish uchun o‘z ish uslubiga qanday o‘zgartishlarni kiritish kerakligi to‘g‘risida xulosalar chiqardi.    

 

Bundan tashqari, partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturi 7 ta tilda kitobcha shaklida chiqarilib, saylovchilar eʼtiboriga havola etildi. “Saylovoldi tashviqotiga oid tavsiyalar”, “Vakolatli vakil va kuzatuvchilar uchun eslatma” va boshqa shu singari qo‘llanma, yo‘riqnomalar ham chop etilib, tarqatildi.  

 

Shuningdek, ko‘zi ojiz saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida nomzodning saylovoldi dasturi maxsus brayl alifbosi hamda audioyozuv ko‘rinishida tayyorlanib, respublikadagi Ko‘zi ojizlar jamiyatlariga taqdim etildi.  

 

Masalan, partiya “Ayollar qanoti” tomonidan partiya markaziy saylovoldi shtabi negizida ayol saylovchilar bilan ish olib boruvchi guruh shakllantirildi. Rejaga asosan respublikaning barcha hududlarida “Prezident saylovida xotin-qizlarning faol ishtirokini taʼminlash masalalari” mavzuida turkum o‘quv-seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etildi.    

 

Shuningdek, barcha tuman va shaharlarda turli targ‘ibot aksiyalari  hamda “O‘zLiDeP faoli — islohotlar targ‘ibotchisi!” klubi aʼzolari ishtirokida  “Biz taraqqiyot va yorqin kelajak uchun ovoz beramiz!” shiori ostida “Eshikma-eshik” aksiyasi, “Farovon hayot sari!” shiorlari ostida ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda chellenjlar amalga oshirilyapti.  

 

Partiyaning 1 milliondan ziyod aʼzosi bo‘lib, ularning yarmi, deyarli 500 mingdan ziyodi yoshlardir. Partiyamiz “Yoshlar qanoti” shu yil boshidan 30 ga yaqin mavzu va yo‘nalishda 4,5 mingdan ziyod tadbir o‘tkazdi. Saylovga start berilishi bilan har bir tumanda faol bo‘lgan yoshlardan iborat jami 3,5 mingga yaqin volontyor hamda 70 dan ziyod yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat Yosh saylovchilar va volontyorlar targ‘ibot guruhlari tuzildi. Hozirda targ‘ibot guruhlari joylarda mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.  

 

Bahriniso Madumarova

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zLiDeP Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan hisobot berdi | Zamon.uz