O'zbekiston

Baxmalda za'faron ekish boshlandi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 200 gektar yer maydonlarida zaʼfaron plantatsiyalari barpo etilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyodagi zaʼfaron yetishtiriladigan eng yirik beshta plantatsiyalardan biriga aylanyapti.

Baxmalda za'faron ekish boshlandi

 

Za'faron o‘simligini yetishtirish ancha qulay bo‘lib, uning ko‘p yillik o‘simlik ekanligi katta plantatsiyalar tashkil qilishda qo‘l keladi. U 5-6 yil umr ko‘rib, hosil beradi.

 

O‘simlikning shifobaxshligi shundaki, yurak-qon tomir kasalliklari, bepushtlik, xotiraning susayishi va shunga o‘xshash yuzlab dardlarga davo bo‘lishi isbotlangan. 

 

- Xalqimiz ming yillar davomida bu o‘simlikdan foydalanib kelgan. Biroq zaʼfaron o‘zimizning hududimizda o‘stirilmagan. Tabiiy holda ham o‘smagan. Xorijdan tabib yoki mutaxassislar tomonidan olib kelingan. Endilikda uni mahalliylashtirish boshlandi. Quvonarlisi, hosil boshqa mintaqalarga qaraganda ham ancha yuqori. Zaʼafaron o‘z tarkibida oltin saqlovchi hisoblanadi. Zaʼfaron damlab ichilganda odam organizmi talab qilgan oltin elementi bilan taʼminlanadi. Bu esa hazm qilish tizimiga  foyda beradi. Shuningdek, yurak-ishemik, onkologik kasalliklarda ham  shifo bo‘la oladi. Xalq tabobatida inson bir yilda bir gram zafaron istyemol qilishi kerakligi aytib o‘tilgan. Albatta, buning ham o‘z meʼyori bor. Agar bir vaqtning o‘zida bir gram zaʼfaronni damlab isteʼmol qilinsa, o‘lim holatiga ham olib keladi. Sababi, o‘simlikning tarkibi kuchli bo‘lib, u yurakni yoyib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, o‘simlik solib tayyorlangan ovqatlar tez aynimaydi va uzoqroq saqlanadi. Zaʼfaron umrni ham uzaytirish xususiyatiga ega. – deydi O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov.

 

Bugungi kunda mamlakatimizda yuzlab dardlarga davo bo‘ladigan o‘simlikni yetishtirish jadal surʼatlarda olib borilomoqda. O‘simlik piyozi Yevropa davlatlaridan olib kelingan. Jumladan, yaqinda Baxmal tumanida zaʼfaron plantatsiyasini tashkil etish uchun ajratilgan 200 gektar yer maydoniga Italiyadan 20 million dona o‘simlik piyozboshlari olib kelindi. Yuk ortilgan avtokarvonlar 6 ta davlat - Sloveniya, Vengriya, Polsha, Belarus, Rossiya va Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga keltirilgan.

 

Mazkur harakatlar O‘zbekiston, Tojikiston hamda Italiya kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik asosida olib borilmoqda.

 

- Ishni boshlaganimizga 5-6 kun bo‘lib qoldi. Rasmiy tarzda eʼlon qilishni endi boshladik. Ish yana 3 kun davom etadi. Shundan so‘ng, yaʼni umumiy ekish jarayoni tugagach, jami plantatsiya 204 gektarni tashkil qiladi. Mamlakatimizdagi zaʼfaron plantatsiyasi dunyo bo‘yicha uchinchi eng yirik zaʼfaron plantatsiyasiga aylanadi. Eng yirigi Eronda —400 gektarni tashkil etadi. Biroq 2022 yilga borib, dunyodagi eng yirik plantatsiyaga aylanamiz deb, reja qilganmiz, - deydi BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov.

 

Ayni kunlarda ekish jarayoniga mingga yaqin mahalliy aholi jalb qilingan. Mazkur tadbirkorlik bir tomondan mamlakatimizda noyob o‘simliklardan birini ko‘paytishni ko‘zlagan bo‘lsa, boshqa tarafdan ishsiz yurgan mahalliy aholini vaqtinchalik bo‘lsa-da ish bilan taʼminlashni ham maqsad qilgan.

 

 

Olamgir Abdiyev

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.