Jahon

Tyumenda ayiq bir kishini g‘ajib tashlab, ikki kishiga og‘ir tan jarohati yetkazdi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, baliq ovlash uchun borgan uch yigit ovdan o‘rmon bo‘ylab qaytayotgan vaqtida ularga ayiq hujum qilgan.

Tyumenda ayiq bir kishini g‘ajib tashlab, ikki kishiga og‘ir tan jarohati  yetkazdi

 

Ulardan birini yirtqich g‘ajib tashlagan. Bokschi yonidagi pichoqni chiqarib, hayvonga bir necha marta bergan. Natijada, ayiq halok bo‘lgan. Ilya va uning tirik qolgan sherigi jiddiy jarohat bilan jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

 

Tabiiyki, bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng  ijtimoiy tarmoqlarda  ayiq nima sababdan yo‘lovchilarga besabab tashlangani keng muhokama qilindi.

 

Ichki ishlar xodimlari tomonidan  olib borilgan surishtiruv davomida yigitlar tomonidan aytilgan voqeada chalkashlik borligi aniqlandi. Yigitlar aslida baliq emas, ayiq ovlagani  borgani  maʼlum bo‘ldi. Ular ayiq hujumidan avval uning uyasiga yaqin borib, bir necha bor o‘q uzgan. Yaralangan  ayiqlardan biri qutirgan holda 48 yoshli erkakka hujum qilib, uni g‘ajib tashlagan.  So‘ng  Ilyaga tashlangan.  Uchinchi yigit qochishga ulgurgan. Jarohatlangan bokschi Ilya Medvedevni  shifoxonaga ana shu yigit olib kelgan.

 

Qayiqdan dalil sifatida yigitlarga tegishli bo‘lgan miltiqlar topilgan, deb xabar bermoqda Tyumen viloyati davlat ovchilik boshqarmasi.

 

Bundan avval Xitoyda pandalarni o‘ldirganlarga o‘lim jazosi belgilangani hamda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ancha miqdordagi baliqlarning noqonuniy ovlanishining oldi olingani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tyumenda ayiq bir kishini g‘ajib tashlab, ikki kishiga og‘ir tan jarohati yetkazdi | Zamon.uz