Jahon

Gollivud aktyori operator ayolni otib qo'ydi

Gollivud aktyori Alek Bolduin suratga olish maydonida operator ayolni otib tashladi.Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Gollivud aktyori operator ayolni otib qo'ydi

 

 

Hodisa Nyu-Meksika shtatida yuz bergan. Bu yerda “Rust” filmi suratga olish jarayonlari ketayotgan edi. Epizodlardan birida to‘pponcha qo‘llash kerak bo‘lgan. To‘pponcha bo‘sh patronlar bilan to‘ldirilgan. Ammo yakunda ularning barchasi haqiqiy bo‘lib chiqdi. Film rejissyori og‘ir yaralangan. 42 yoshli operator Galina Xatchins esa shifoxonada vafot etdi. Ayol havo transporti orqali Albukerka shahriga olib borilgan, ammo vrachlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

 

Mahalliy politsiya hozircha Bolduinga hech qanday ayb qo‘yilmaganini maʼlum qilgan. To‘pponcha qanday qilib haqiqiy o‘qlar bilan to‘ldirilgani va aktyor qay tarzda otgani to‘g‘risida maʼlumot berilmagan.

 

Bolduin AQSHning mashhur aktyorlaridan. U faoliyati davomida 100 ga yaqin rollarni ijro etgan. Shuningdek, “Oltin Globus” va “Emmi” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

 

Bundan avval “Uyda yolg‘iz” filmining navbatdagi qismi suratga olinishi xabar qilingandi.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozida mina tozalash ishlari uch baravar tezlashtirildi — Tramp

AQSh prezidenti ushbu jarayonni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar bergan.

custom img

AQSh NATOdagi “yaxshi” va “yomon” ittifoqchilarni ajratmoqda — Politico

Oq uy Eron bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llamagan NATO davlatlariga nisbatan choralar ko‘rish variantlarini muhokama qilmoqda.

custom img

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

custom img

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilgan edi.

custom img

Buyuk Britaniya Parlamenti yoshlar uchun chekishni umrbod taqiqlovchi qarorni ma’qulladi

Hujjat tamaki mahsulotlari tarkibi, ta’mi va qadoqlanishini ham nazorat qilish vakolatini beradi.

custom img

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

custom img

Eron AQSh va Isroil tahdidlariga javob qaytarishga tayyorligini bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat harakatlari qonuniy mudofaa huquqi doirasida ekanini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"