Jahon

Bayden Makron bilan shu oy oxirida Rimda uchrashadi

AQSH va Fransiya prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron telefonda gaplashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Oq uy.

Bayden Makron bilan shu oy oxirida Rimda uchrashadi

 

Davlat rahbarlari Afrika mintaqasidagi vaziyat, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlik, shuningdek, Yevropa mudofaa tizimlarining mustahkamlanishi va samaradorligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

 

Qayd etilishicha, Bayden Rimda Makron bilan shu oy oxirida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga umid bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, shu yil 15 sentyabrda imzolangan AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasidagi AUKUS yangi ittifoqi Vashington va Parij o‘rtasida chuqur diplomatik inqirozni keltirib chiqardi.

 

Ittifoq doirasida Avstraliya yadroviy suv osti kemalari bilan taʼminlandi. Ushbu kelishuv tufayli Avstraliya fransuz kompaniyasi bilan suv osti kemalari uchun 66 milliard dollarlik shartnomani buzdi va bu Parijni g‘azablantirdi.

 

Bundan avval AQSH prezidenti Jozef Bayden Xitoy bilan sovuq urushni istamasligini maʼlum qilgani haqida xabar berilgan edi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.