O'zbekiston

Metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuziladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuziladi

 

O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Navoiy viloyatidagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi hududiy filiallari tuziladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

 

a) Kengash tuzilmasi;


b) Kengashning Navoiy, Olmaliq, Bekobod hududiy filiallari tuzilmalari;


v) O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi to‘g‘risidagi nizom, unda quyidagilar belgilangan:

 

Kengashning huquqiy maqomi, huquqlari, vazifalari va funksiyalari; Kengashning huquq va majburiyatlari; uning faoliyatini tashkil etish tartibi; Kengashning moliyaviy mablag‘larini shakllantirish tartibi va boshqalar.

 

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

  • konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish,

  • ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini, munosib hayoti va ijtimoiy mavqeyini taʼminlash;

  • AJlar hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korxonalari mehnat jamoalarining hayotida Kengashning hamda har bir pensioner va faxriy ishtirokining roli va ahamiyatini oshirish;

  • pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;

  • pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yana-da kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;

  • faxriylar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va boshqalar.

 

Kengashga respublika AJlar va boshqa metallurgiya korxonalarida ishlagan va respublika hududida yashovchi faxriylar aʼzo bo‘lishlari mumkin. Kengash aʼzolariga qabul qilish talabgorlarning arizasi asosida amalga oshiriladi.

 

Kengash raisi Kengash ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Kengash qarorlari faqat tavsiyaviy kuchga ega bo‘lib, Kengash tomonidan bevosita yoki bilvosita “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga aralashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Maʼlumot uchun: Kengash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ va boshqa metallurgiya sanoati tashkilotlarining pensionerlari va mehnat faxriylarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

 

Avvalroq o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi, strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koeffitsiyent bekor qilingani hamda raqamli iqtisodiyot sohasidagi qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar berilgandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuziladi | Zamon.uz