Ochiq va shaffof. MDH kuzatuvchilar missiyasi saylovlarga baho berdi
Kuzatuv missiyasi rahbari shuningdek, saylovning o‘ziga xos jihatini aytdi.

25 oktabr kuni Markaziy Saylov Komissiyasi matbuot markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Umumparlament Assambleyasi missiyasi hamda MDH mamlakatlaridan kelgan kuzatuvchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda kuzatuvchilar o‘tgan saylov to‘g‘risida o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
Xususan, MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari, Boshqaruv raisi – MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev saylov to‘g‘risida muhim fikrlar bildirdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirildi, raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora bo‘ldi, shuningdek, demokratik saylovlarning umumiy eʼtirof etilgan tamoyillariga to‘la javob berdi ", - dedi missiya rahbari.
Shu bilan birga Lebedev texnik xarakterdagi ayrim tavsiyalar berdi. MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari saylovning o‘ziga xos jihatiga – qora piar va “kompromatlar jangi” yo‘q ekanligiga eʼtibor qaratdi.
MDH kuzatuvchilar missiyasi aʼzolari barcha nomzodlarga teng imkoniyatlar taqdim etilganini va saylovlar raqobat asosida o‘tganini eʼtirof etdi.
Kuzutuvchilardan yana biri, Tojikiston Oliy Majlisi raisining birinchi o‘rinbosari, MDH PPA guruhi koordinatori Mahmadali Mahmadillo Vatanzoda ham Prezident saylovi taassurotlari bilan bo‘lishdi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida juda keng yoritildi. Ayniqsa, saylov jarayonlarining onlayn kuzatish imkonining yaratilgani demokratik islohotlarning shaffofligining bir isboti, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Televideniye orqali berib borilayotgan har bir yangilik sudo tarjimonlar orqali ham berilmoqda. Brayl alifbosining yaratilgani — bu muhim yangilik, tahsinga loyiq! O‘zbekiston saylov jarayonlariga puxta tayyorlangan”.
Avvalroq Saylovda aholining necha foizi ishtirok etgani xabar qilingandi.
Bahriniso Madumarova







