O'zbekiston

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 20-22 daraja issiq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgaradi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

 

 

Qayd etilishicha, 27-oktabrda respublika shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

 

28-oktabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘oldi hamda tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

29-oktabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 27-28 oktabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

 

Taʼkidlanishicha, hafta davomida harorat kechalari 4-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va hafta oxiriga borib kunduz kungi harorat 7-12 daraja iliqqacha pasayadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini maʼlum qilgandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda? | Zamon.uz