O'zbekiston

Saylovchilarda o‘zgacha shukuhni ko‘rdim — qozog‘istonlik kuzatuvchi

Qozog‘istonlik kuzatuvchi saylov borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Saylovchilarda o‘zgacha shukuhni ko‘rdim — qozog‘istonlik kuzatuvchi

 

Zamon.uz muxbiri Prezident saylovi bo‘yicha Qozog‘istonlik kuzatuvchi, “Do‘stlik” hamjamiyati va xalqaro “Amir Temur” xayriya jamg‘armasining Qozog‘iston respublikasidagi rahbari Ikrom Hoshimjonovning saylov jarayoni va yakunlari bo‘yicha fikrlari bilan qiziqdi.

 

— Biz Qozog‘iston Respublikasidan kuzatuvchi bo‘lib keldik.  24 oktyabr kuni Respublika tarixida katta jarayon yuz berdi. Men turli saylov uchastkalarida turfa millat vakillarini uchratdim. Har bir saylovchi qalbida shukuh sezilib turibdi. Ob-havo ham saylov kuni ajoyib bo‘ldi.

Odamlarda yuksak vatanparvarlik ruhini ko‘rdim. Saylovchilar konstitutsiyaviy huquqidan to‘la foydalanib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shdi. Saylov uchastkasida yoshlardan biriga “kimga ovoz berdingiz?” deb savol berganimda “kelajagim uchun” deya javob berdim. Yoshi ulug‘lar esa “Biz o‘z farzandlarimiz va nabiralarimiz kelajagini tanladik”, – deb taʼkidlashdi. Saylovlar ochiqlik va shaffoflik ruhida o‘tdi.

Markaziy Saylov Komissiyasining brifingida Shavkat Mirziyoyev g‘alabasi eʼlon qilindi. Bu degani – fuqarolar mamlakatda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga ishonch bildirmoqda. Endilikda O‘zbekiston yana-da taraqqiy topishiga, islohotlar yana-da jadallashishiga ishonaman.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev yana ishonch bildirgani uchun O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Saylovchilarda o‘zgacha shukuhni ko‘rdim — qozog‘istonlik kuzatuvchi | Zamon.uz