O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Pokiston Hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va Prezident saylovida ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan samimiy qutlab, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri ikki tomonlama hamkorlikda barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil iyul oyida o‘tgan Toshkent sammiti davomidagi samarali uchrashuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini aniq mazmun bilan boyitib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga xizmat qildi.

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari ortayotgani, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining sanoat kooperatsiyasi ko‘lami kengayib borayotgani alohida taʼkidlandi. Investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa sohalarda yangi loyiha va dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishga ko‘maklashish maqsadida xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirish muhim ekani qayd etildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi | Zamon.uz