O‘zbekistonda korxonalardan chiqqan chiqindilar miqdori 125 million tonnadan oshib ketdi
Mazkur ko‘rsatkichning hududlar kesimida tahlili natijasida eng yuqori chiqindilar ulushi Navoiy viloyatiga (48,2 %,) to‘g‘ri kelmoqda.

2020-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda jami chiqindilar miqdori maʼlum bo‘ldi. Uning hajmi 125,6 million tonnaga borib yetdi.
Mazkur ko‘rsatkichning hududlar kesimida tahlili natijasida eng yuqori chiqindilar ulushi Navoiy viloyatiga (48,2 %,) to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyati – 34,6 % va Jizzax viloyati – 9,1 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eng kam ulush hajmi Sirdaryo viloyati – 0,01 % bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 0,02 % hamda Farg‘ona viloyati – 0,03 % hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shavkat Mirziyoyev Navoiyda quyosh stansiyasi ishga tushirilishi 80 million kub metr gazni iqtisod qilish imkonini berishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘ponoy Ahmedova







