Jahon

Tuman prokurori o‘rinbosarini  xotinining jiyani bo‘yniga arqon solib,  mashinaga bog‘lab  sudradi

Mashinaga to‘kilgan pivo mushtlashuv yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Tuman prokurori o‘rinbosarini  xotinining jiyani bo‘yniga arqon solib,  mashinaga bog‘lab  sudradi

 

Kuzatuv kameralariga muhrlangan video “Baza” telegramm kanali orqali tarqalgan.  

 

Dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni kechqurun Dalmatovskiy tumani prokurori o‘rinbosari Dmitriy Dedulya  "Graviyniy" qishlog‘idagi «Svetlana» kafesida dam olayotgan bo‘lgan. Ziyofat chog‘ida turmush o‘rtog‘ining jiyani Amanjolom Sautbayev bilan o‘rtasida nizo kelib chiqqan.  Nizo mushtlashuvgacha borgan. 

 

Mushtlashuvdan  keyin Amanjolom Dmitriyni bo‘yniga arqon solib,  mashinaga bog‘lab  sudragan. Dmitriy tirik qolgan, og‘ir  tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Surishtiruv davomida janjal  Dmitriyni Sautboyevning mashinasiga  pivo to‘kib yuborgani sabab bo‘lgani maʼlum bo‘ldi. Lekin Dmitriy  xotinining jiyanidan o‘ch olmagan, ariza bilan hech qayerga murojaat qilmagan.

 

Ayni paytda  Sautboyev qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bundan avval Rossiyada 33 yoshli ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olingani  hamda Rossiyada ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport" qilingani haqida xabar berilgan edi.

 

Munojat Valiyeva

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tuman prokurori o‘rinbosarini  xotinining jiyani bo‘yniga arqon solib,  mashinaga bog‘lab  sudradi | Zamon.uz