O'zbekiston

XXR Raisi O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi.

XXR Raisi O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

 

Suhbat avvalida XXR Raisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan samimiy qutladi.

 

Ovoz berish natijalari yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosat xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani alohida taʼkidlandi.

 

Xitoy Raisi O‘zbekiston yetakchisiga omad va yangi muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.

 

Ishonchga asoslangan muloqotning bugungi darajasi, joriy yil aprel oyida o‘tgan muloqotlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama aloqalar rivojlanayotgani va o‘zaro almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Siyosiy sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “yagona Xitoy siyosati”ni hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qatʼiy kurashni doimiy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan katta amaliy yordam, shu jumladan vaksinalar o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani va ularni birgalikda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani uchun minnatdorlik bildirildi.

 

Rais Si Szinpin, o‘z navbatida, Xitoy O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

 

Savdo-iqtisodiy sohada yetakchilar tovar ayirboshlash sezilarli o‘sayotganini qayd etdilar. Xitoy bozoriga zarur mahsulotlar, eng avvalo qishloq xo‘jaligi tovarlarini ilgari surish maqsadida joriy yil noyabr oyida Shanxay shahrida o‘tadigan to‘rtinchi Import tovarlar xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston faol ishtirok etishiga kelishib olindi.

 

Besh yillik Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash, unga strategik ahamiyatga ega, shu jumladan innovatsiyalar, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va elektron tijorat sohalari bo‘yicha loyihalarni kiritish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Kambag‘allikni kamaytirish masalalarida tajriba va bilim almashish muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi. Shu oyda ikki mamlakatning vakolatli idoralari tomonidan imzolangan memorandumni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘laydigan va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida YevroOsiyo transqitʼaviy tranzit yo‘lagini shakllantiradigan samarali transport yo‘nalishlarini rivojlantirish zarurligini taʼkidladilar.

 

Fan va taʼlim, sog‘liqni saqlash va aholini emlash, sport, turizm, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjud ekani qayd etildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev hamkasbi va do‘st Xitoy xalqiga 2022 yilda Pekin shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

 

Joriy yil yakunigacha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish, shuningdek, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha qo‘shma dasturni tayyorlashga kelishib olindi.

 

O‘zbekiston Prezidenti va XXR Raisi xalqaro kun tartibi hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

Davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida ilgari surilgan Global taraqqiyot tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

 

Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMTning boshqa institutlari doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

 

Xitoy yetakchisi mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

 

Davlat rahbarlari Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish va iqtisodiy taraqqiyotga erishish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar. Afg‘on xalqiga ko‘maklashish maqsadida SHHT va boshqa formatlar doirasidagi muloqotni davom ettirish haqida kelishuvga erishildi.

 

Muloqot yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rais Si Szinpin do‘st xalqlarimiz va mamlakatlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

 

Suhbat har doimgidek ochiqlik, ishonch va do‘stlik ruhida o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

XXR Raisi O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi | Zamon.uz