Jahon banki Sudanga yordam berishni to‘xtatdi
Sudandagi harbiy to‘ntarishlar tufayli Jahon banki Sudanga yordam ko‘rsatishni to‘xtatganini eʼlon qildi.

“Jahon banki guruhi dushanba kuni Sudandagi barcha bank operatsiyalarini to‘xtatdi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va vaziyatga qarab muayyan to‘xtamga kelamiz”, — dedi Jahon banki rahbari Devid Malpass.
Sudan harbiylari dushanba kuni bosh vazir Abdulla Hamdok va boshqa bir qancha hukumat amaldorlarini hibsga oldi. Sudan Suveren kengashi rahbari Abdulfattoh al-Burxon xalqqa telemurojaatida favqulodda holat joriy etilishi va mamlakat hukumati tarqatib yuborilishini maʼlum qildi.
Maʼlumot o‘rnida: 25-oktabrga o‘tar kechasi Sudanda harbiylar bosh vazir Abdulla Hamduk boshchiligidagi vazirlar, rasmiylar va siyosatchilarni hibsga oldi. Xartumga harbiy texnika olib kelindi, poytaxtga kirish va chiqish yo‘llari to‘sildi, xalqaro aeroport qurshab olindi.
Bundan tashqari davlat teleradiokompaniyasi ustidan ham nazorat o‘rnatilgan. Shundan so‘ng Kengash va hukumat tarqatib yuborilgan. Mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan.
Shu bilan birga, 2019 yilgi konstitutsiyaviy deklaratsiyaning bir qancha moddalari bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Sudan bosh vaziri hamda isyonchi harbiylar Gvineya prezidenti Alfa Kondeni qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







