Jahon

"Oilam uchun xavotirdaman". Afg‘onistonlik qochqin qiz hikoyasi

“Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelishi uning barcha rejalarini o‘zgartirib yubordi.

"Oilam uchun xavotirdaman". Afg‘onistonlik qochqin qiz hikoyasi

 

Kobuldan evakuatsiya

K.(xavfsizlik nuqtayi nazaridan u ismining bosh harfini aytgan) avgust o‘rtalarida Kobuldan Bangladeshga uchib ketmoqchi edi. U Osiyo ayollar universitetida o‘qishni boshlamoqchi bo‘lgan. Ammo “Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelishi barcha rejalarini o‘zgartirib yubordi. U bilan birga 250 nafar  afg‘onistonlik qizlar ham AQSHning Viskonsin shtatidagi Fort-Makkoy bazasiga evakuatsiya qilingan.

 

Hazoralar va pushtunlar

K.ning AQSHdagi hayoti oson kechmayapti. U Afg‘onistonda etnik ozchilik bo‘lgan hazora millatiga mansub. AQSHga u bilan birga ko‘plab pushtunlar – Afg‘onistondagi eng katta etnik guruh  evakuatsiya qilingan.

 

”Men hazoraman, bu yerda esa ko‘plab pushtunlar bor. Qochqinlarning katta qismi – pushtunlar.  Ular bizni ko‘rganda juda yomon munosabatda bo‘ladi”, – degan K.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fort-Makkoyga evakuatsiya qilingan 13 ming afg‘onistonlikning atigi 2 ming nafari hazoralar.

 

Bu ikki etnik birlik o‘rtasidagi munosabatlar XIX asrdayoq yomonlashgani aytiladi. Ko‘pchilik huquq himoyachilari fikricha, hazoralar – afg‘on zaminida eng ko‘p tahqirlanadigan millatlardan biri.

 

Shu bilan birga, qiz hazora va pushtunlar bazada alohida joylashtirilganini maʼlum qilgan. U 30 ga yaqin ayollar bilan katta xonada istiqomat qiladi. Uning xonadoshlarining aksariyati – universitetdagi kursdoshlaridan iborat.

 

Kelajak rejalari

K. Bangladeshdagi Osiyo ayollar universitetida “iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha 2 yil taʼlim oldi. U aslida taʼlimni  Buyuk Britaniya yoki AQSHda davom ettirmoqchi edi. Ammo evakuatsiya bu rejalarini o‘zgartirib yubordi.

 

“Mening orzuyim AQSHda o‘qish va magistr darajasini olish uchun stipendiyaga harakat qilish edi. Ammo bu toliblar vatanimni egallab olgan sharoitda amalga oshmadi. Men hammasini Braun universitetida qaytadan boshlayman”, – degan K.

 

Qiz shu haftada bazadan ketishni va etnik kamsitilishlar o‘tmishda qolishiga umid bildirmoqda.

 

Ammo u oilasi uchun xavotir olmoqda. K. Afg‘onistondan bir o‘zi evakuatsiya qilingan. Uning besh aka-ukasi bor, ulardan biri uzoq vaqt AQSH harbiylari bilan ishlagan.

 

“Oilam mamlakatdan chiqib ketganimdan xursand. Ammo ularning hayoti xavf ostida, chunki akam Amerika qurolli kuchlar tizimida ishlagan. U AQSHning maxsus immigratsion vizaga ariza topshirgan, ammo Kobulda qolib ketdi”, – deya qayd etdi u.

 

 

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.